Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MDH davlatlaridan 23 nafar shaxs ushlab kelindi

MDH davlatlaridan 23 nafar shaxs ushlab kelindi

Foto: IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan MDH davlatlaridan 23 nafar qidiruvdagi shaxslar olib kelindi.

Qayd etilishicha, jinoyat qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha viloyat IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan, 56 nafar (turli jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan) qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlanib, jazo muqarrarligi va qonun ustuvorligi ta’minlangan.

Yil boshidan esa, viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida 486 nafar (23 ayol) qidiruvdagi shaxs qo‘lga olingan.

Ushlangan shaxslarning 23 nafari MDH davlatlaridan olib kelingan (ekstraditsiya qilingan) bo‘lib, eng uzoq qidiruvda bo‘lgani 20 yil, qisqasi esa 2 kunda aniqlanib, ushlangan.

Bundan tashqari, 22 nafar boshqa viloyatlarda norasmiy va rasmiy qidiruvdagi shaxs ushlanib, qidiruv tashabbuskoriga topshirilgan va 10 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslar topilib, oilasiga qaytarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring