Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirzacho‘lda SES boshlig‘i 85 mln. so‘mni «klik» orqali o‘ziga o‘tkazib oldi

Mirzacho‘lda SES boshlig‘i 85 mln. so‘mni «klik» orqali o‘ziga o‘tkazib oldi

Foto: Jizzax viloyati hokimligi

Mirzacho‘l tumani, «Mirzadala» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.U. viloyat ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan rag‘batlantirish pullarini Mirzacho‘l tumani Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi boshlig‘i o‘zining plastik kartasiga «Klik» orqali o‘tkazib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborganini bildirgan.

Viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Mirzacho‘l tumani SEOM bosh vrachi Z.A. jami 85.533.896 so‘m pullarni xodimlarga rag‘batlantirish sifatida yozib shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgani aniqlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati

Manba: iiv.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring