Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muborak tumani IIB boshlig‘i firibgarlik va pora «oldi-berdi»sida gumonlanmoqda

Muborak tumani IIB boshlig‘i firibgarlik va pora «oldi-berdi»sida gumonlanmoqda

Muborak tumani IIB boshlig‘i firibgarlik va pora berishda vositachilik qilganlikda gumonlanmoqda.

Ayni ma’lumotni «Xabar.uz»ning Qashqadaryo viloyati prokuraturasidagi manbasi tasdiqladi. Tuman IIB boshlig‘i yaqinda 50 ming AQSh dollari bilan qo‘lga tushgan Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosarining jinoiy sherigi sifatida ko‘rilmoqda.

Bir necha kun avval qo‘lga tushgan Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosari avval ichki ishlar organida ishlagan va Muborak tumani IIB boshlig‘i bilan yaqindan tanish ekani aytilmoqda.

Muborak tumani IIB boshlig‘i ayni lavozimda 2020 yildan beri ishlab keladi va podpolkovnik rutbasiga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring