Namanganda tadbirkorning murojaatini noqonuniy rad etgan shahar qurilish bo‘limi xodimi jazolandi
Namangan shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi «Station A» MChJ (nomi o‘zgartirilgan) rahbari ruxsatnoma olishda muammolarga duch kelayotganidan shikoyat qilib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda hududida qo‘shimcha qurilishlar olib borishni rejalashtirayotgan edi. Biroq qurilish uchun zarur ruxsatnomalarni olish jarayonida Namangan shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limiga bir necha bor murojaat qilgan bo‘lsa-da, uning arizalari e’tiborsiz qoldirilgan.
Biznes-ombudsmanning aralashuvi bilan o‘tkazilgan o‘rganishda tegishli organ mas’ul xodimi davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzganligi aniqlandi.
Natijada, unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima jazosi qo‘llanildi. «Station A» MChJga esa rekonstruksiya va qo‘shimcha qurilishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter