Tadbirkorlik imtiyozlarini qo‘llamagan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortildi
Oldindan to‘lov undirish amaliyoti to‘liq to‘xtatildi.
Biznes-ombudsman Toshkent shahrining «Dizayn-kodi» bo‘yicha qaroriga e’tiroz bildirdi
Hujjatning ayrim bandlari amaldagi qonunchilikka zidligi va tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.
Biznes Ombudsman aralashuvi bilan quruvchi tadbirkorning muammosi hal bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil rahbarining shaxsiy qabulida Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan «K & E-T» MChJ vakili murojaat qilib, barcha vakolatli idoralardan tegishli ruxsatnomalarni olgan bo‘lishiga qaramasdan, ko‘p qavatli uy-joy qurilishi uchun tuman qurilish bo‘limi tomonidan ruxsat berilmayotganini ma’lum qildi.
Avval tekshirilgan davr qayta tekshirilib, yarim milliard asossiz soliq tayinlangan
Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi «A.S.» xususiy korxonasi rahbari Xorazm viloyati soliq boshqarmasining qaroridan norozi bo‘lib Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga murojaat qildi.
Tadbirkorlar faoliyatiga eng ko‘p to‘sqinlik qilayotgan tashkilotlar reytingi e’lon qilindi
Biznes-ombudsman 2025-yil uchun tadbirkorlik sub’yektlarida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar faoliyatining reyting baholash natijalarini e’lon qildi.
Tekshiruvchi tashkilotlar reytingi e’lon qilinadi
Nazorat qiluvchi organlar faoliyati 8 ta mezon asosida baholanadi.
Tadbirkorga qo‘llanilgan 7,4 mlrd so‘mlik jarima bekor qilindi
Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi "E.H.G" MChJ o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi natijasidan norozi bo‘lib, Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga murojaat qildi.
Toshkent viloyatida o‘tgan bir yilda 250 dan ziyod tadbirkorning huquq va manfaatlari tiklandi
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil devonining Toshkent viloyati hududiy sho‘’basi tomonidan tadbirkorlarning buzilgan huquqlarni tiklash hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Biznes-ombudsman ofisiga yangi rahbar tayinlandi
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida biznes-ombudsman lavozimida ishlab kelgan Qosimov Dilmurod Sultanmuratovich Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Biznes Ombudsman aralashuvi bilan tadbirkor murojaati ijobiy hal etildi
Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkor K. Yakubovning onlayn-auksion orqali qonuniy ravishda yutib olingan yer uchastkasini rasmiylashtirishda yuzaga kelgan muammolari Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes Ombudsman) tomonidan o‘rganib chiqildi.

