Oliy sud raisi: «...Bizdanam ochiq idora bormi, ayting?»
Bugun, 18-dekabr kuni O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali «Media hall»ida «Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tgani xabarini bergandik.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov o‘zi rahbarlik qilayotgan tizim va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi munosabatlar xususida to‘xtalar ekan, alohida ta’kid etdiki: «...bizdanam ochiq idorada bormi, bo‘lsa, ayting?!». So‘ng davom etdi: «Biz ochiq muloqotdan qochmaymiz, aksincha, o‘zimiz ommaviy axborot vositalari xodimlarini shunga chaqirib kelmoqdamiz. Haftaning har shanbasini «Ochiq eshiklar kuni» deb e’lon qildik. Biroq shu paytgacha biror jurnalist eshigimizni chertmadi. Sirasini aytsak, sud tizimini yoritadigan malakali jurnalistning o‘zi yo‘q (shu joyda Oliy sud raisi biroz mubolag‘a qildi-yov — tahr.). Yangi yildan boshlab, OAV xodimlari bilan har oyda aniq mavzu bo‘yicha uchrashib turishni reja qildik. Kelasi oyda «Mehnat huquqi» bo‘yicha davra suhbati o‘tkaziladi...».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter