Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: Senat

Senat yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Oliy Majlis Senati axborot xizmatining xabar berishicha, 48-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi va Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Unga asosan Elza Shamsutdinova o‘n yillik muddatga, Anvar Elmuradov muddatsiz davrga, Baxodir Ergashev o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.

Shu bilan birga, Bobir Islamov, Otabek Mamajanov, Sherzod Mirzaxakimov, Doniyorjon Tojiboyev, Firuz Tursunov, Faxriddin Xalilov, Sherzod Sherkulov va Xurshid Eshmuratov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring