Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olti oyda bola huquqlarining buzilishiga oid 185 ta holat aniqlangan

Olti oyda bola huquqlarining buzilishiga oid 185 ta holat aniqlangan

Bolalar ombudsmani 2025-yilning dastlabki 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berdi.

Qayd etilishicha, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga kelgan 885 ta murojaat ko‘rib chiqildi. (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga oshgan).

20 ta murojaat (2,3 foiz) voyaga yetmagan shaxslar tomonidan yo‘llangan.

Bolalar ombudsmani 2025-yilning birinchi yarmida 21 ta shaxsiy qabul o‘tkazib, qabullar davomida 87 nafar fuqaro murojaati ko‘rib chiqildi.

Bolalar ombudsmani Kotibiyati xodimlari 20 marotaba (fuqarolik, jinoyat va ma’muriy sudlarda) sud majlislarida bola manfaatlari yuzasidan kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar.

Internet tarmog‘i monitoringida bola huquqlarining buzilishiga oid 185 ta holat aniqlandi va tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda tekshirilib, bolalarga nisbatan sodir etilgan 60 ta zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 16 ta jinoyat ishi hamda 22 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

Ota-onasi va boshqa yaqinlari bergan murojaatlar bo‘yicha 5 nafar bola xorijdan O‘zbekistonga olib kelinishiga, 1 nafar bola o‘z yurtiga, Rossiya Federatsiyasiga qaytarilishiga erishildi.

RFning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bolaga bo‘lib turgan shaharlarida barcha zarur shart-sharoitlar ta’minlanib, so‘ng O‘zbekistonga qaytarildi.

Bola huquqlari sohasida milliy qonunchilik va xalqaro standartlarni targ‘ib qilish, bola manfaatlari himoyasiga oid 1664 ta media-material jamoatchilikka e’lon qilindi. 

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring