Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Opasini haqorat qilganligi uchun jinoyatga qo‘l urdi

Opasini haqorat qilganligi uchun jinoyatga qo‘l urdi

Foto: IIV

2021-yil 12-fevral kuni taxminan soat 17:20 larda Sariosiyo tumani «Bog‘iston» mahallasida yashovchi A.T. mazkur tumanning «Bog‘ishirin» mahallasida yashovchi S.S.ni opasini haqorat qilganligi uchun o‘zaro janjallashib qolishadi. Natijada unga qo‘li bilan duch kelgan joylariga urib, «sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil» tan jarohati yetkazadi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan 2021-yil 8-mart kuni A.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring