Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari fosh etildi

Deyarli har kuni kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan bog‘liq xabar eshitamiz. Birda DXX, birda IIBB, birda Bosh prokuraturasi huzuridagi departament, birda bojxona ushbu turdagi jinoyatlar haqida ma’lumot beradi.

Ichki ishlar xodimlari dorixona eshigini buzib kirib, «Tropikamid» sotuvchilarini ushlashgan bo‘lsa, DXX Toshkentda tezkor tadbir o‘tkazib, bir guruh katta miqdorda psixotrop modda olib ketayotganlarni ushladi.

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi hamda DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida to‘xtab turgan, fuqaro Q.J. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtoulov belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda old yo‘lovchi o‘rindig‘i pastki qismida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 300 dona «Tropikamid» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari hamda yo‘lovchi Z.J. tegishli, ishga aloqador 407 AQSh dollari va qariyb 3 mln so‘m pullar borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilgan holda fuqaro Q.J.ning vaqtincha yashab kelayotgan Sergeli tumanida joylashgan xonadoni ham belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Ko‘zdan kechirish jarayonida xonadon ichida xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 1215 dona «Tropikamid» va 2100 dona «Regapen pregabalin» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Shuningdek, yana bir holatda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida Chilonzor tumani hududidagi mehmonxonalarning birida fuqaro A.A.ga biriktirilgan xona xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada unga tegishli 2 dona sumkada jami 4530 dona kapsulada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalariga o‘xshash moddalar borligi aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib olingan mazkur dori vositasi tarkibida sof og‘irligi 45,3 gr. «zaleplon» nomli kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent chegarasida juda katta miqdorda giyohvandlik moddalari ham fosh etilgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring