Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zgalarning avtomashinasini chegaradan olib chiqib sotib yuborgan shaxslar qo‘lga olindi

O‘zgalarning avtomashinasini chegaradan olib chiqib sotib yuborgan shaxslar qo‘lga olindi

Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar, Toshkent va Namangan viloyatlari bojxona boshqarmalarining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limlari tezkor xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yengil avtotransport vositalarini Tojikistonga olib o‘tish va noqonuniy sotib yuborish holati bilan shug‘ulanuvchi 8 nafar shaxs fosh etildi.

Ular «BYD», «VOLKSWAGEN», «KAIYI X3», «HONDA», «GEOMETRY», «FAW ID4» va boshqa rusumlardagi 59 ta avtotransport vositasini har birini 100-200 AQSh dollari evaziga Tojikistonga o‘tkazib berishgan. Aniqlanishicha, mazkur avtotransport vositalarining barchasi qo‘shni davlatda noqonuniy tarzda sotib yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasining Surishtiruv va ma’muriy amaliyot boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov organiga topshirildi.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring