Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zini 5-qavatdan tashlagan ayolning turmush o‘rtog‘i ushlandi — Prokuratura

O‘zini 5-qavatdan tashlagan ayolning turmush o‘rtog‘i ushlandi — Prokuratura

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 27 mart kuni Bekobod tumanida ikki farzandning onasi bo‘lgan 28 yoshli ayol 5-qavatdan o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilgani xabar qilingandi.

Yaqinlarining aytishicha, ayolning turmushi notinch bo‘lgan, eri vahshiylarcha kaltaklab kelgan. To‘qqiz yillik turmushning bor-yo‘g‘i uch yilini erinikida yashagan. Lekin shu orada uch marta himoya orderi berilgan bo‘lsa ham zo‘ravonga biror chora ko‘rilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, Jinoyat kodeksining 103-moddasi  (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Marhumaning turmush o‘rtog‘i Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlangan.

Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi prokuratura xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring