Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda Prokuratura departamentining soxta xodimi ushlandi

Sirdaryoda Prokuratura departamentining soxta xodimi ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

O‘zini xodim deb tanishtirgan firibgar fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro Sh.N. fuqaro S.N.ga o‘zini Departament xodimi deb tanishtirib, fuqaro N.Sh.dan muqaddam tezkor tadbirda ashyoviy dalil sifatida olingan umumiy bahosi 462,9 mln so‘mlik 292 dona zargarlik buyumlarini qaytarib olib berishi va N.Sh.ni jinoiy javobgarlikdan ozod qilib berishi evaziga 2 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Shuningdek, Sh.N. Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida 337 ming so‘mlik to‘lovlarni to‘lamaslik maqsadida o‘zini Departamentning Guliston shahri bo‘limi boshlig‘i deb tanishtirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasining faoliyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazib, yoptirib yuborish bilan tahdid qilganligi aniqlangan. Tekshiruvda Sh.N. tomonidan 2 500 AQSh dollari va 337 ming so‘m hisobidan 1,2 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring