Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zstandart»ning sobiq xodimi firibgarlikda ayblanmoqda

«O‘zstandart»ning sobiq xodimi firibgarlikda ayblanmoqda

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

«O‘zstandart» agentligining sobiq xodimi Yo.T. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Chirchiq shahridagi xususiy tadbirkor 32 yoshli S.R. va MChJ menedjeri 25 yoshli D.K.larni aldab, ularga o‘zini go‘yoki hali ham agentlikda ishlayotgandek ko‘rsatib, 2019-yil 11-may kunidan 2019-yilning 18-oktyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noqonuniy ishlarga qo‘l urgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u chet eldan O‘zbekiston ichki bozorida savdoga chiqarish uchun olib kelingan mahsulotlarga tegishli ruxsat beruvchi «Muvofiqlik-sertifikat»larini hamda «Sanitariya-epidemiologiya markazi»ning xulosalarini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz qisqa muddatlarda rasmiylashtirib berishini va’da qilib, o‘zining uyida «Toshiba» rusumli noutbuk elektron xotirasida mavjud bo‘lgan Agentlikning sertifikat namunalarini «Paint» dasturi yordamida o‘zgartirish yo‘li bilan qalbakilashtirib, bu soxtalashtirilgan ruxsat blankalarini D.Q. va S.R. larga jami 32.700.000 so‘m evaziga sotib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Yo.T. JKning 228-moddasi 2-qismi «a» bandi va 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hamda unga nisbatan «garov» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo‘yicha sudga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring