Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Paxta bosqinchiliklari» — Nega IIB xodimlari bu ishga qo‘l urmoqda?

«Paxta bosqinchiliklari» — Nega IIB xodimlari bu ishga qo‘l urmoqda?

Ijtimoiy tarmoqlarda fermerlar yetishtirgan paxta mahsulotlari majburan olib qo‘yilayotgani haqida murojaatlar tarqalmoqda. E’tiborlisi, har bir holatda ichki ishlar xodimlari bu qonunsizlikka bevosita aralashgan.

Birinchi holat — Qashqadaryoning Mirishkor tumanida sodir bo‘lgan.

Jurnalist Shuhrat Shokirjonovning yozishicha, tumandagi fermerlar «Mirishkor-tekstil» klasteriga o‘zlari yetishtirgan paxtani topshirmoqchi emas. Boisi, 2 yildan buyon klaster ularning paxtasi uchun to‘lovlarni to‘lamasdan, sarson qilib kelmoqda.

Hattoki sud bo‘lib o‘tib, 14 ta fermer xo‘jaligi va klaster o‘rtasidagi shartnoma bekor qilingan.

Endi fermerlar o‘zlari yetishtirgan paxtani boshqa klasterga sotishga qaror qilishgan-da, shonli ichki ishlar organi xodimlari subutsiz klasterga «yordam»ga kelishmoqda.

Ikkinchi holat — Namanganning Mingbuloq tumanida kuzatildi.

Rasul Kusherbayevning qayd etishicha, fermerlar qonuniy tashkil etgan kooperatsiyaning paxta qabul qilish punktidagi 80 mln so‘mlik paxta ichki ishlar boshlig‘i rahbarligida olib ketilgan.

Hech bir qonunga sig‘maydigan ichki ishlar boshlig‘ining harakatlarida bosqinchilik alomatlari mavjud.

«Qonunlarga tupurgan ushbu mansabdor shaxs birovning mulkini tortib olib, kimgadir berib yuborgan yoki sotvorgan bo‘lmasa, uni qidirib topib, haqiqiy egalariga qaytarish mumkin.

Ammo qonunbuzarning javobgarligi masalasida bir nima deyish qiyin. Xoyna-hoy bu ish ortidan ham qaysidir hokimning qulog‘i ko‘rinsa kerak», deb yozadi Kusherbayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring