Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Paxtakor»dagi ishkalda 47 kishi qo‘lga olindi

«Paxtakor»dagi ishkalda 47 kishi qo‘lga olindi

Foto: IIBB

Toshkent shahar IIBB «Paxtakor» stadionida kuzatilgan noxush holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Joriy yilning 11 iyun kuni soat 21.00da Toshkent shahridagi «Paxtakor» stadionida futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi—2022 musobaqasining chorak final bahsida O‘zbekiston va Iroq milliy jamoalari bahs olib borishdi.

O‘yinning 12 daqiqasida o‘yin hakami tomonidan O‘zbekiston milliy jamoasining darvozaboniga qizil kartochka ko‘rsatilib, 11 metrlik jarima to‘pi belgilanganida, muxlislar norozi bo‘lib, ayrim tomoshabinlar plastmassa suv idishi va stakan, oyoq ostidagi beton parchalarini stadionga uloqtirishgan. Natijada stadionda fotomuxbir bulib xizmat olib borayotgan fuqaro, 1992 yilda tug‘ilgan J.S. qorin bo‘shlig‘idan jarohat olgan. Unga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan, uning ahvoli yaxshi bo‘lganligi sababli shu kuni kasalxonadan chiqib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv davomida jamoat tartibini buzgan 47 nafar shaxslar aniqlanib, ularning 6 nafari: 1998 yilda tug‘ilgan A.Faxriddin, 1991 yilda tug‘ilgan T.Sarvar, 1984 yilda tug‘ilgan B.To‘xtamurod, 2003 yilda tug‘ilgan J.Bexzod, 2002 yilda tug‘ilgan V.Mexroj, 1998 yilda tug‘ilgan X.Abrorlarga sud tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari 10 nafar fuqaro 10 sutka ma’muriy qamoq, 3 nafari jarima jazosiga tortilgan, 28 nafariga nisbatan surishtiruv davom etmoqda.

Shuningdek, fuqaro J.S. unga narsa otgan shaxsga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilib va ariza yozishdan bosh tortgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring