Prezident saytining soxta nusxasi orqali firibgarlik amalga oshirilmoqda

Bugungi kunda Telegramda bir xabar tarqalmoqda. 1 martdan boshlab kimning yosh bolasi bo‘lsa, o‘sha oilaga har oyda 650 ming so‘m pul to‘lanadi, istasangiz siz ham quyidagi saytga kirib, pulingiz olishingiz mumkin, deyiladi yolg‘on xabarda.
Uz-prezident.link manzilida esa Prezident saytining soxta nusxasini yasashgan.
«U yerga kirib, farzandingiz ma’lumotini qoldirasiz, shundan so‘ng sizdan plastik raqami va amal qilish muddatini so‘raydi, keyin esa kelgan SMS-kodni kiriting deydi.
Buyog‘i nima bo‘lishi ma’lum. Qarabsizki, firibgarlar plastikdagi barcha pulingizni yechib oladi», deb ogohlantirmoqda Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Avvalroq Jinoyat kodeksining 168 va 169-moddalari bank plastik kartochkalaridan pul mablag‘larini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilganlik uchun og‘irlashtiruvchi holat sifatida javobgarlikni belgilovchi yangi norma bilan to‘ldirilayotgani xabar qilingandi.
Ushbu normaga ko‘ra, bu turdagi jinoyatlar uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter