Profilaktika inspektorini pichoqlagan shaxs ushlandi

2025-yil 1-iyul kuni Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani «Yuksalish» mahallasida xonadonlarning birida yuz bergan oilaviy mojaro chog‘i profilaktika inspektori Abdurasul Abduvaliyev pichoqlangan va og‘ir tan jarohati oqibatida vafot etgandi.
Mast holda unga pichoqni sanchigan 65 yoshli Yunusali Xolbozorov voqea joyidan yashiringan, uni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilayotgan edi.
IIV matbuot kotibi xabar berishicha, gumonlanuvchi ushlandi. Yunusali Xolbozorov joriy yilning 4-iyul kuni soat taxminan 06:30 larda «Yuksalish» mahallasi «So‘qoloq» qabristonidagi makkapoya ichida yashirinib yotganligi aniqlangan, qo‘lga olish jarayonida u o‘zining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter