Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuror protestlari natijasida qancha sud qarori «brak»ka chiqdi?

Prokuror protestlari natijasida qancha sud qarori «brak»ka chiqdi?

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bugun Bosh prokuraturada  bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan hay’at majlisida tizim tomonidan amalga oshirilgan muayyan ishlar xususida muxtasar ma’lumot berib o‘tildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, o‘tgan yili qonunlar ijrosi ustidan nazorat, shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlar va davlat dasturlari ijrosini tashkil etish borasidagi tadbirlar natijasida 90 mingga yaqin prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilib, 154 ming nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi. Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida aybdor shaxslardan jami 2 trln. 341 mlrd. so‘mlik zararni qoplanishi ta’minlandi.

Tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, eksport hajmini oshirish kabi iqtisodiyotimiz rivojidagi dolzarb yo‘nalishlarda tizimli tadbirlar amalga oshirilib, 4.163 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi, 15.961 nafariga muammolarini bartaraf etishda ko‘maklashildi.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini ta’minlash, yordamga muhtoj va kam ta’minlangan fuqarolarni himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 1.554 ta og‘ir sharoitda yashayotgan hamda 9.896 ta uy-joyga muhtoj oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi, 7.324 nafar fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlandi.

Sudlarda jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriyishlar ko‘rilishida fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi.

Prokuror protestlariga asosan jinoiy sudlarning 1 997 nafar shaxsga nisbatan qarorlari, shuningdek fuqarolik sudlarining 1 455 ta, iqtisodiy sudlarning 786 ta, ma’muriy sudlarning 1 085 ta qarorlari o‘zgartirilishi yoki qonunga muvofiqlashtirilishi ta’minlandi.

Prokuratura organlari tomonidan 2019-yilda 313 mingdan ortiq fuqaroning murojaatlari bevosita prokuratura organlarida hal etildi, 46 mingdan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan budjetga 1,4 trln. so‘mga yaqin mablag‘ qo‘shimcha hisoblanib, shundan 563 mlrd. so‘mi undirildi, noqonuniy muomaladagi 3 mln. 306 ming AQSh dollari va 6,9 mlrd. so‘m olib qo‘yildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ham gaz va elektr energiyasidan 37 trln. so‘m, ijro hujjatlari bo‘yicha 15,7 trln. so‘mlik undiruvlar amalga oshirildi.

Mahkama matbuot xizmati alohida ta’kidladiki, hay’at majlisida asosiy e’tibor muayyan yutuqlardan ko‘ra, 2019-yilda tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, xato va nuqsonlar hamda ularni tezkor ravishda bartaraf etish choralariga qaratildi. Zotan, Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, natijadorlik hammamiz uchun bosh talab, asosiy mezonga aylanmoqda. Bu borada 2020-yil barchamiz uchun alohida sinov va mas’uliyat yili bo‘ladi. Endi kechagi yutuq va marralar, bizni sira qoniqtirmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring