Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qanday javobgarlik bor: «Kompyuterimdan shaxsiy ma’lumotlarimni o‘g‘irlashdi»

Qanday javobgarlik bor: «Kompyuterimdan shaxsiy ma’lumotlarimni o‘g‘irlashdi»

Foto: «Shutterstock»

«Yaqinda bir hamkasbimning fleshkasini ish yuzasidan olganimda unda shaxsiy ma’lumotlarim papkasini ko‘rib qoldim. Kompyuterim parollangan. Bu ma’lumotlar kompyuterimdan boshqa joyda saqlanmaydi. Ayting-chi, ushbu ma’lumotlarni kompyuterimdan mening ruxsatimsiz olgan shaxsga nisbatan qonunchilikda javobgarlik belgilanganmi?»

Axborot asrining muhim qoidalaridan biri axborot xavfsizligini ta’minlashdir. Yuqoridagi holatga har birimiz ham duch kelishimiz mumkin. Qonunchilikda kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun javobgarlik belgilangan.

Jumladan, kompyuter axborotidan, ya’ni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlaridagi axborotlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, agar ushbu harakat axborotning yo‘q qilib yuborilishi, to‘sib qo‘yilishi, modifikatsiyalashtirilishi, undan nusxa ko‘chirilishi yoxud uning qo‘lga kiritilishiga, elektron hisoblash mashinalari, elektron hisoblash mashinalari tizimi yoki ularning tarmoqlari ishining buzilishiga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

v) xizmat mavqeidan foydalangan holda;

g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mazkur norma Jinoyat kodeksining 2782-moddasida belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring