Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoliklarni haqorat qilgan restoran xodimi jarimaga tortildi

Qashqadaryoliklarni haqorat qilgan restoran xodimi jarimaga tortildi

Toshkentdagi «Magic City» hududida joylashgan «Chaman» nomli restoran xodimi qashqadaryoliklarni «restoranda o‘tirishga xos odamlar emas» deyishi ortidan jarimaga tortildi.

Avvalroq «Chaman armenian food» restorani ish yurituvchisi va mijoz o‘rtasidagi yozishma ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Shundan so‘ng vaziyatga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar aralashdi.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumani IIO FMB o‘tkazgan tekshiruvda restoran xodimi mahalliychilikka yo‘l qo‘ygani tasdiqlangan. Restoran boshqaruvchisi IIBga chaqirilib, undan izoh olingan. U o‘z tushuntirishida xatoga yo‘l qo‘yilganini tan olgan.

Holat yuzasidan MJtKning 41-moddasiga (Haqorat qilish) binoan restoran ish yurituvchisiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring