Qidiruvdagi jinoyatchi qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani «Oltin voha» mahallasida yashovchi, J.O. 2021-yilning fevral oyida Jinoyat kodeksining 226-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan (Ma’muriy nazorat qoidalarini buzish) jinoyatini sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan. Sherobod tuman IIB TB tomonidan qidiruvda bo‘lgan ehtiyot chorasi sifatida «qamoq» qo‘llanilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
30-may kuni u Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘lgan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Chilonzor tumanida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter