Qonunchilikda o‘zgarish: endi qalbaki «xodim» jazolanadi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 2091-modda bilan to‘ldirildi. Ya’ni endilikda vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish uchun ma’muriy javobgarlik qo‘llaniladi.
Jumladan, formali kiyim-bosh kiyib yurishi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish formali kiyim-boshni musodara qilib, eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2018-yil 3-yanvar kuni imzolangan «Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunda tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas