Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ikki ayol to‘rt erkak bilan talonchilik qildi

Samarqandda ikki ayol to‘rt erkak bilan talonchilik qildi

Foto: Tergov departamenti

Samarqandda 2020-yilning 25-noyabr kuni soat 16:30 da ikki ayol o‘zlarining 4 nafar sheriklari bilan ochiqdan ochiq talonchilik qilishgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 37 yoshli Shaxnoza R. va 34 yoshli Dilshoda H. o‘zlarining 4 nafar noma’lum sheriklari bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Samarqand tuman Yangiariq mahallasida joylashgan oshxonaning orqa tomonida, 34 yoshli Najmiddin H.ning cho‘ntagidan bir dona Nokia va bir dona Novey rusumli qo‘l telefon apparatlari hamda o‘ng orqa cho‘ntagidan 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini ochiqdan ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida mazkur talonchilik jinoyatini sodir etgan fuqarolar aniqlandi. Ikki ayolga 38 yoshli O‘lmas J., 41 yoshli Sanjar N., 21 yoshli Sultonbek X., 31 yoshli Abdullo N. ko‘maklashgani ma’lum bo‘lib, ulardan 1000 AQSh dollari, bir dona Nokia va bir dona Novey rusumli qo‘l telefon apparatlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, holat bo‘yicha so‘roq qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring