Samarqandda moliyaviy piramida fosh etildi
Kiberjinoyat insonlar tomonidan pul topish, boylik orttirish yoki boshqa g‘arazli maqsadlarda hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurgan axborot texnologiyalaridan noqonuniy foydalangan holda amalga oshiriladigan ijtimoiy xavfli qilmishdir, deyiladi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.
Qayd etilishicha, 2017-yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi negizida «Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni tashkillashtirish» bo‘linmasi tashkil etildi. O‘tgan vaqt davomida mazkur bo‘linma tomonidan axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash, oldini olish, qarshi kurashish va fosh etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, Samarqand viloyatida bir guruh shaxslar tomonidan «OLTINYUL.UZ» va «E-SUM.UZ» veb-saytlari orqali fuqarolarni mulkiy manfaatga qiziqtirib, «Moliyaviy piramida» loyihasi tuzilgan.
Shu asosda 8 200 nafardan ziyod fuqarodan jami 450 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari yig‘ilib, ushbu guruh tomonidan o‘zlashtirilgan.
Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan N.R. va uning sheriklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188(1)-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter