Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda soxta dollarlarni pullayotgan shaxslar ushlandi

Sirdaryoda soxta dollarlarni pullayotgan shaxslar ushlandi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.B. (muqaddam sudlangan) va boshqalar fuqaro M.X.ga 100 AQSh dollarlik kupyuradagi qalbaki 1 600 AQSh dollarini 10,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring