Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soddachilik ham qursin...

Soddachilik ham qursin...

Quva tumanida yashovchi Nodirbek juda ham mashinalarni yaxshi ko‘radi, imkon darajada noodatiy mashinalarni, ya’ni eksklyuziv mashinalarni sotib olish uchun bor-budini sarflaydi.

Shunday mashinalardan birini Dang‘ara tumanida yashovchi Toshpo‘lat unga sotish niyati borligini bildiradi. Nodirbek hech ikkilanmay uni xarid qiladi va xarididan juda mamnun edi.

Ammo, uning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Nodirbekning uyiga MIB xodimlari tashrif buyurishdi va uning kolleksiyasi gavhari bo‘lmish mashina, yani Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan «BJ2023» avtotransport vositasi xatlanishini ma’lum qilishdi. Nodirbek sarosamaga tushdi va aniqlik kiritishini aytdi.

Aytishicha, Nodirbek ushbu mashinani 2022 yil dekabr oyida Toshpo‘latdan ishonchnoma asosida sotish huquqisiz sotib olgan ekan.

Orada mashinani o‘z nomiga o‘tkazib olish maqsadida Toshpo‘latni qidirib borganida u Rossiya davlatiga chiqib ketganligini aytishgan va shu tariqa Nodirbek avtomobilni ishonchnoma bilan minib yurgan.

Bu Nodirbekning holatga izohi edi. Endi buyog‘ini eshiting.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 25.02.2024 yildagi qarzdor Toshpo‘latdan undiruvchi «ISHONCHLI MABLAG‘ MIKROMOLIYA TASHKILOTI» MChJ foydasiga 45.665.000 so‘m kredit qarzdorlik undirish, undiruvni qarzdor tomonidan garovga qo‘yilgan avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Byuroning Dang‘ara tuman bo‘limiga kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijroga qaratilib, Toshpo‘latning xonadoniga borilgan. Lekin qarzdor uyda yo‘qligi, garovga qo‘yilgan mashina esa Quvaga sotib yuborilgani aniqlangan.  Shu tariqa Quva tumaniga yo‘l olinadi va Nodirbek bilan bog‘lanib, tushuntirish ishlari olib boriladi: «Soddaroq aytganda, avtrotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab etiladi. Shu tufayli sizning mashina oldi-sotdingiz haqiqiy bo‘lmagan. Tuman prokuraturasi o‘sha shaxsni jinoiy javobgarlikka tortsa, siz sud orqali undan pullaringizni undirib olishingiz mumkin», deya huquqiy tushuntirishlar beriladi.

M.T.ga tegishli Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan «BJ2023» avtotransport vositasi ro‘yxatga olinib, xatlanadi.

Hozirda xatlangan avtotransport vositasini auksion savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring