Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyaning qarori deb tadbirkor xonavayron bo‘lishiga sal qoldi

Sudyaning qarori deb tadbirkor xonavayron bo‘lishiga sal qoldi

Garchi ish hujjatlarida injiniring kompaniyasining MChJ oldida 645 mln so‘m qarzdorligini rad etib bo‘lmaydigan dalillar mavjud bo‘lsa-da, sud tomonidan Injiniring kompaniyadan MChJga 172 mln so‘m qarzdorlikni undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan.

2020 yil 1 dekabrda Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi «Omad» MChJ (nomi o‘zgartirilgan) va viloyat injiniring kompaniyasi o‘rtasida loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Shartnoma shartlari MChJ tomonidan bajarilgan bo‘lsa-da, viloyat injiniring kompaniyasi 675 mln so‘m mablag‘ to‘lab bermagan.

Keyinchalik, injiniring kompaniyasi MChJga 30 mln so‘m to‘lovni amalga oshirib, qarzdorlik qisman bartaraf qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan MChJ manfaatida Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritildi.

Garchi ish hujjatlarida injiniring kompaniyasining MChJ oldida 645 mln so‘m qarzdorligini rad etib bo‘lmaydigan dalillar mavjud bo‘lsa-da, sud tomonidan Injiniring kompaniyadan MChJga 172 mln so‘m qarzdorlikni undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan.

Mazkur sud qarori yuzasidan apellyasiya shikoyati berildi.

Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining qarori bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori o‘zgartirilib, MChJ foydasiga 645 mln so‘m qarzdorlikni undirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring