Tadbirkorga elektr uchun qo‘shimcha hisoblangan yarim milliard so‘m bekor qilindi
Farg‘ona shahrida faoliyat yurituvchi «Sarvar» MChJ (nomi o‘zgartirilgan) qo‘shimcha hisoblangan elektr energiyasi to‘lovlaridan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan jamiyatni elektr bilan ta’minlovchi tizim tekshirilganda, jamiyatga tegishli elektr hisoblagich noto‘g‘ri ishlayotganligi qayd etilgan.
Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, jamiyatga elektr energiyasi uchun 924,8 mln so‘m miqdorida qo‘shimcha to‘lov hisoblangan.
Arizani o‘rganish natijasida elektr ta’minoti korxonasi tomonidan hisoblangan qo‘shimcha to‘lovlar qayta ko‘rib chiqilib, qarzdorlik miqdori 406,4 mln so‘mga kamaytirilishi ta’minlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter