Tadbirkorlik niqobi ostida firibgarlik sodir etildi

Samarqand viloyatida 2020-yilning iyul oyida 26 yoshli G‘olib A. o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida 33 yoshli Dilshod D.ning ishonchiga kirib, O‘zbekistondan Rossiyaning Moskva shahriga «meva» mahsulotlarini eksport qilishini aytib, biznes orqasidan ko‘rilgan foydaning bir qismini unga berishini va’da qilib, 55.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan fuqaro G‘olib. A.ga nisbatan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda sodir qilingan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Hozirda ushbu pullarni nima maqsadda sarflaganligi va ularni qaytarish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter