Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bor! Ozdiruvchi kofe savdosiga chek qo‘yildi

G‘ijduvonda yashovchi odamning uyi tekshirilganida, juda ko‘p miqdordagi kofe chiqdi. Ammo bu oddiy kofe emas — ozdiruvchi, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bor!
Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan fuqaro (1985-y.t.) ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, chet elda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 34 050 dona «KETO COFFEE MIX SLIM COFFEE», 2790 dona «SLT SLIM LUX COFFEE», 3000 dona «HOODIA CACTUS SLIMMING COFFEE», 720 dona «SLIM GREEN COFFEE», 5280 dona «NATURE COMPLEX LK FAT BURNING», 1000 dona «LAO SE LON», 12 132 dona «FIT90 FAT BURNER», 13 392 dona «REDUKSIN LAYT», 23 292 dona «SINZISHOU PLUS» va boshqa turdagi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

«Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» DM xulosasiga ko‘ra, mazkur dori vositalari tarkibida sibutramin moddasi mavjud, Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi «O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida»gi 818-sonli qaroriga ko‘ra, sibutramin kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Olib borilayotgan tergov harakatlari doirasida ushbu dori vositalarining xorijdan olib kelinishi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter