Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda tug‘ruqxona shifokori qo‘lga olindi

Toshkentda tug‘ruqxona shifokori qo‘lga olindi

Foto: «Xabar.uz»

DXX va IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi, 1994 y.t. A.Sh. joriy yilning 15 iyun kuni tug‘ilgan farzandini 35 ming AQSh dollariga sotib, kelgusida bolani qaytarib olish uchun da’vo qilmaslik bo‘yicha tilxat yozib bergan vaqtida ushlandi. Shuningdek, uning mazkur noqonuniy harakatini amalga oshirishida yordam bergani uchun 200 AQSh dollari olgan tug‘ruqxona shifokori ham qo‘lga olindi.

Boshqa holatda esa DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQK departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Boyovut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1993 y.t. X.D. o‘zining 2018 y.t. o‘g‘lini 16 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring