Toshkentda Afg‘oniston fuqarosi chuv tushdi

Fuqaro S.T. (1956-y.t. ishsiz) Afg‘oniston fuqarosi (1989-y.t. MChJ rahbari) N.G.ga Yunusobod tumanida joylashgan «Oloy dehqon bozori» AJ yonida qurilish uchun yer maydoni va Toshkent shahridan 2 xonali uy olib berishni va’da qilib, undan 10.000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, o‘zlashtirgan. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan 07.10.2019-yilda Bosh prokuratura Departamentining Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan fuqaro S.T.ga nisbatan JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter