Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda davlat xizmatchilarining smartfondan foydalanishi taqiqlandi

Afg‘onistonda davlat xizmatchilarining smartfondan foydalanishi taqiqlandi

Illyustrativ foto

Afg‘oniston oliy rahbari davlat xizmatchilariga ish joyida smartfonlardan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda RIA Novosti Tolo news yangiliklar portaliga asoslanib xabar berdi.

Ushbu qaror davlat muassasalarida yuqori tezlikdagi va simsiz internetni o‘chirish to‘g‘risidagi avvalgi buyruqdan so‘ng darhol qabul qilindi.

Manbalarga ko‘ra, smartfonlarni taqiqlashdan maqsad xodimlarning internetdan «noto‘g‘ri foydalanishi» va «g‘ayriaxloqiy kontent»ni ko‘rishining oldini olishdir.

Avvalroq Shvetsiyaning barcha maktablarida 2026-yilning kuzidan mobil telefondan foydalanish taqiqlanishi haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring