Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayolning sochidan sudragan shaxs ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirildi

Toshkentda ayolning sochidan sudragan shaxs ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi ayol kishiga qo‘l ko‘targanligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 iyun kuni taxminan soat 17:00 larda Yashnobod tumani, Ohangrabo ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida, 1998 yilda tug‘ilgan, ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turuvchi A.A. qo‘shnisi 1986 yilda tug‘ilgan N.X. va uning voyaga yetmagan farzandlari bilan o‘zaro tortishib qolgan. So‘ng A.A. fuqaro N.X. ni sochidan sudrab kuch ishlatgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Fuqaro A.A. ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring