Toshkentda maqsadsiz turgan surxondaryolik 15 sutkaga qamaldi

Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi S.J. shu yilning 28 iyul kuni Toshkentning Oqtepa mavzesida maqsadsiz turgani uchun IIO xodimlari undan bu yerdan ketishini so‘rashgan.
Sud qarorida ko‘rsatilishicha, «IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida da’vatlar qilganligi yuzasidan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan».
S.J. esa o‘z ko‘rsatmasida shu kuni uyiga ketayotganida IIO xodimlari ushlab, uni Shayxontohur IIO FMB binosiga olib ketganliklarini, endi kechki paytda maqsadsiz yurmasligini aytib, suddan yengillik so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi qarori bilan S.J.ga nisbatan (MJtKning 195-moddasi, Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter