Toshkentda qalbaki dollar sotayotganlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va IBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.A, I.A. va boshqalar «Yangi Sergeli» ko‘chasidagi savdo majmuasi avtoturargohida 100 AQSh dollarlik kupyuradagi jami 9 000 qalbaki AQSh dollarini fuqaro B.Z ga 5 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter