Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qurol olib yurgan haydovchi qo‘lga olindi

Toshkentda qurol olib yurgan haydovchi qo‘lga olindi

2020 yil 19 may kuni Sergeli tumanidagi «A.Turbonov» YPX postida, 2-batalon YPX inspektori kichik serjant T.Tojiboyev, kinologiya xizmati xodimi safdor R.Xolmurodov va IIBB patrul-post xizmati 5-bataloni safdori Sh. Xoshimovlar xizmat olib borishgan. Soat 21:30 atrofida shaharni tark etayotgan mashinalardan biri – «Nexia» rusumli (davlat raqami 01 O 417 SA) avtomobil ularning e’tiborini tortdi.

Mashina to‘xtatilganda, haydovchining o‘zini tutishi xodimlarda shubha uyg‘otdi. Bu esa avtomobilni yaxshilab tekshirishga sabab bo‘ldi. Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida avtomobilda sovuq qurol (metall kastet) va to‘pponchaning odatda «pugach» deb ataladigan turi topildi. Bular avtoulov haydovchisi – Shayxontohur tumanida yashovchi 24 yoshli Sayidmuxtor A.ga tegishli yedi.

Yuqoridagi faktlar asosida tekshirishuvni davom ettirish va qurollar egasining maqsad va niyatlarini aniqlash uchun Sayidmuhtor A. ashyoviy dalillar bilan birga Sergeli tumanidagi 4-son IIBga keltirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring