Toshkentdagi dahshatli qotillik haqida lavha tayyorlandi (video)

Toshkentda dahshatli jinoyat fosh etilgani, bir hafta avval o‘g‘irlab ketilgan fuqaroning jasadi bo‘laklanib, hovliga ko‘mib tashlangani aniqlangani xabar qilingandi.
Ushbu mudhish qotillik jinoyati yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan videolavha tayyorlandi.
Ma’lum qilinishicha, jinoiy guruh tomonidan bir fuqaro qiynab, pul talab qilinib, 29.000 AQSh dollari qo‘lga kiritiladi.
Shundan so‘ng sodir etgan jinoyatlarini yashirish maqsadida jinoyatchilar 8 mayga o‘tar kechasi jabrlanuvchi minib kelgan «Lacetti» rusumli avtomashinasi yukxonasiga o‘zini majburan joylab, ikki kun avval ijaraga olgan Yashnobod tumanidagi hovliga olib boradi va shu yerda uni urib, umriga zomin bo‘ladi. So‘ng yollanma ishchilar yordamida mazkur hovlida chuqur qazdirib, marhumning murdasini bo‘laklarga ajratib, ko‘mib yuboradi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter