Toshkentda qalbaki dollar ishlatgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.I. qalbaki valyutani muomalaga kiritish maqsadida, fuqaro R.dan «Sigvey» nomli vositani 50 AQSh dollariga sotib olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, fuqaro J.I. R.dan 58 quti «Orbit» saqichlarini sotib olishda qalbaki 6 300 AQSh dollarini berganligi aniqlanib, jami 6 350 qalbaki AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter