Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uychi tuman hokimligi tomonidan o‘tkazilgan davlat xaridining misi chiqdi

Uychi tuman hokimligi tomonidan o‘tkazilgan davlat xaridining misi chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Uychi tuman hokimligi davlat xaridlarini amalga oshirishda affillanganlik holatiga yo‘l qo‘yganligi to‘g‘risida tarqalgan xabar tarqaldi. Holat bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rganish o‘tkazdi.

Ma’lum qilinishicha hokimlik tomonidan davlat budjeti mablag‘larini sarflashda tuman hokimining 2022 yil 27 maydagi Farmoyishi talablari bajarilmagani, shuningdek, kompyuter vositalari sotib olish uchun o‘tkazilga eng yaxshi taklifni tanlab olish bo‘yicha davlat xaridida affillanganlik holati aniqlangan.

Tuman hokimining yuqorida keltirilgan Farmoyishida 121,4 mln so‘m mablag‘lar yoshlar yetakchilariga sharoit yaratish maqsadida mebel jihozlari sotib olish uchun ajratilgan bo‘lsada, birgina holatda 7,2 mln. so‘mga kompyuter vositasi sotib olingan.

Shuningdek, kompyuter vositasini xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan ushbu davlat xaridida qatnashgan barcha ishtirokchi korxonalar yagona shaxsga tegishli bo‘lgan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha Agentlik Uychi tuman hokimligiga taqdimnoma kiritdi va hokimlik tomonidan ushbu xarid bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring