Maradonaning Jahon chempionatidagi sardorlik bog‘ichi yarim million dollardan oshiq narxda sotildi
Tarixiy lot Argentina va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi chorak final uchrashuvi bilan bog‘liq. Ushbu bahsda Argentina 2:1 hisobida g‘alaba qozongan, Maradona esa ikkita gol urgan.
AQShda qadimiy skelet 50 million dollarga sotildi
AQShning Nyu-York shahridagi Sotheby’s auksionida «Gas» laqabli «Tyrannosaurus rex» skeleti 50 million dollarga sotildi. Bu uning dastlabki 20–30 million dollarlik bahosidan ancha yuqori.
Soliq qarzi: qarzdorning ikki avtomobili davlat ijrosiga olindi
Toshkent shahrida 638 million so‘mlik soliq qarzini undirish doirasida qarzdorga tegishli ikki qimmatbaho avtomobil xatlanib, elektron auksionga chiqarilishi belgilandi.
Pelening ilk jahon chempionatida kiygan futbolkasi 6 mln dollarga auksionga qo‘yildi
Aynan shu futbolkada 17 yoshli Pele 1958-yilgi jahon chempionati finalida Shvetsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, g‘alabaga erishgan.
Qurilish vazirligi binosini «Hamkorbank» sotib oldi
Toshkent shahri markazidagi yirik davlat obyekti auksionda sotildi.
O‘zbekistonda lalmi va yaylov yerlari auksionga chiqariladi
Lalmi va yaylov yerlarini o‘zlashtirish bo‘yicha yangi tartib joriy etildi. Endi yerlar texnik-iqtisodiy asos bilan elektron auksionga chiqariladi.
So‘nggi besh yilda auksionda yer sotish orqali budjetga qancha pul tushgani aytildi
Yerning haqiqiy egasi paydo bo‘lishi natijasida har bir gektardan olinayotgan daromad 3 karra oshib, 50-60 million so‘mga yetgan.
NBU auksion ob’yektlar bo‘yicha Telegram-guruhni ishga tushirdi
O‘zbekiston Milliy banki o‘z mulk ob’yektlarini E-auksion elektron (https://e-auksion.uz/home) savdo platformasi orqali sotmoqda. Ushbu aktivlarni shaffof shartlar asosida xarid qilish mumkin, potensial xaridorlar esa takliflar bilan oldindan tanishib, o‘zlariga mos variantlarni tanlashlari mumkin.
Ortiqcha davlat xizmat mashinalari sotuvga chiqariladi
Prezidentning joriy yil 26-dekabrdagi PF-259-son farmoniga ko‘ra, Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi IIV bilan birgalikda uch oy muddatda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining foydalanishda bo‘lgan xizmat avtotransport vositalari xatlovdan o‘tkazadi.
Mahallaga hududida bo‘sh turgan mulkni auksionga chiqarishda qo‘shimcha huquq beriladi
Ayni paytda davom etayotgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarga mablag‘ ajratilib, sharoit yaratilgani uchun shu yilning o‘zida 237 ming oila kambag‘allikdan chiqqani qayd etildi. Lekin hozirda 28 ta kichik tumanda ishsizlikka qarshi yetarli chora ko‘rilmayapti.

