Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik huzuridagi tashkilot katta miqdordagi qarzini oilaviy tadbirkorga to‘lab berdi

Vazirlik huzuridagi tashkilot katta miqdordagi qarzini oilaviy tadbirkorga to‘lab berdi

2022-yil 5-avgust kuni Toshkent shahrida faoliyati ko‘rsatuvchi oilaviy korxona bilan Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi o‘rtasida shartnoma tuzilgan. Unga asosan korxona tomonidan 832 mln so‘mlik avtotransport xizmatlari ko‘rsatilgan.

Shartnomaga muvofiq direksiya 30 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni amalga oshirish majburiyatini olgan. Qolgan 70 foiz to‘lovni bajarilgan ishlar to‘g‘risida dalolatnomalar va hisobvaraq-fakturalar taqdim etilgandan so‘ng amalga oshirishi belgilangan.

Shunga qaramay, direksiya tomonidan korxona taqdim etgan hisobvaraq-faktura imzolanmasdan, 832 mln so‘mlik qarzdorlik to‘lanmasdan kelingan.

Oxir-oqibat, korxona rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga murojaat qilgan.

Fuqarolik kodeksining 236-moddasiga ko‘ra, majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonunchilik talablariga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.

Shuningdek, «Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida taraflar tuzilgan xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha zimmalariga olingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart ekanligi belgilangan.

Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi tomonidan qayd etilgan holatlar inobatga olinib, ko‘rsatilgan transport xizmatlari uchun qarzdorlikni to‘lab berish choralari ko‘rildi. Joriy yilning 22 may kuni ko‘rsatilgan transport xizmatlari uchun oilaviy korxonaga qarzdorlik to‘liq qoplab berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring