Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlikning «erka» xodimi 14 ming dollar pora olgan?!

Vazirlikning «erka» xodimi 14 ming dollar pora olgan?!

Bugun Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev raisligida bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida ta’lim sohasida poraxo‘rlikka qarshi kurashish ahvoli va qonuniylikni ta’minlashga doir masalalar muhokama etilar ekan, talabalar o‘qish joyini ko‘chirish, o‘qish yo‘nalishini o‘zgartirish hamda o‘qishga qayta tiklashda ayni illat avj olgani ham alohida qayd etib o‘tildi. Bunga oliy o‘quv yurti va vazirlik ayrim mutsasaddilari bosh qo‘shganligi esa keskin tanqid ostiga olindi.

Masalan, muqaddam oliy ta’lim sohasida ishlab, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari uchun 4 marotaba sudlanganiga qaramay, fuqaro U. oliy ta’lim vazirligida mas’ul lavozimga tayinlangan. Bunday «iltifot» esa U.ning yanayam keng quloch yozib, jinoyat sodir etishiga imkoniyat yaratmay qo‘ymaydi.

Jumladan, u Rossiya va Ukraina tibbiyot oliygohlarida ta’lim olayotgan ikki nafar talabaning o‘qishini Toshkentdagi oliygohlarga ko‘chirish uchun 4 ming AQSh dollari olganligi fosh etiladi. Bundan tashqari, tergovda u yana 6 ta holatda o‘qishga kiritish, talabalarning o‘qishini tiklash va ko‘chirish masalasini hal qilishga va’da berib, 14 ming AQSh dollarini pora tariqasida olganligi aniqlangan.

Tizimda korrupsiya holatlariga «doya» bo‘layotgan omillarga haqida to‘xtalib, ta’lim jarayonlarning ochiq va shaffof tashkil etilmagani eng katta sabab sifatida ko‘rsatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring