Xonadonda «narkolaboratoriya» tashkil qilgan shaxslar ushlandi
Olmaliq shahrida yashovchi 40 yoshli fuqaro shahar hududida gumonlanib tekshirilganda, uning yonidan 0,36 gr «mefedron» (ekspertiza xulosasi) sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.
Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Natijada xonadondan turli hajmdagi shisha va boshqa idishlarda kimyoviy, o‘tkir hidli suyuqliklar, yarim tayyor va tayyor holdagi sintetik giyohvandlik vositalari hamda ularni tayyorlashda foydalanilgan texnik vositalar borligi aniqlanib, hujjatlashtirilgan.
Shuningdek, tadbir davomida ushbu vositalarni tayyorlashda ishtirok etgan 43 yoshli erkak va 21 yoshli ayol ham qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter