Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda o‘nga yaqin kishi IIB xodimlarini kuch ishlatishda aybladi. Prokuratura holatni o‘rgandi

Xorazmda o‘nga yaqin kishi IIB xodimlarini kuch ishlatishda aybladi. Prokuratura holatni o‘rgandi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Shovot tumani, «Arboblar» mahallasida yashovchi fuqaro Sh. R. va boshqalar «YouTube» internet tarmog‘i orqali video murojaat yo‘llashib, unda 2020-yil 26-avgust kuni ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ularga nisbatan kuch ishlatilganligini bildirishgan. Mazkur holat yuzasidan Shovot tuman prokuraturasi surishtiruv o‘tkazdi.

Aniqlanishicha, viloyat IIB JQB, DXX Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shovot tumani, Chig‘atoyqal’a qishlog‘i, «Royat» mahallasida yashovchi fuqaro J. H. 2020-yil 25-avgust kuni soat 23:00larda yashash uyida qimorxona tashkil qilib, fuqaro D. A. va boshqalarga qimor o‘ynayotganligi ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari tuman IIB tomonidan olib borilib, 2020-yil 28-avgust kuni J. H. ga nisbatan JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, fuqaro Sh. R. va boshqalar o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ichki ishlar xodimlari ularga nisbatan kuch ishlatishganligini va haqorat qilishganligi to‘g‘risida tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilishgan.

Murojaat mualliflarining barchasidan tushuntirish xatlari olinib, fuqaro D. A., Sh. R., O. Y., U. E., M. A., J. H., Sh. B. va A. Ya.larda tan jarohat izlari bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

Shuningdek, ichki ishlar xodimlarining harakatlari yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasiga xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat olingan holda tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring