Yashirilgan qizcha 5 oydan so‘ng Toshkent shahridan topildi
Ota tomonidan yashirib qo‘yilgan qizcha Yashnobod tumanidan topilib, onasiga olib berildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga MIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Majburiy ijro byurosining Bag‘dod tumani bo‘limi ish yurituviga FIB Rishton tumanlararo sudining 2022-yil 25-avgustdagi qaroriga asosan, qarzdor javobgar (ota) A.M. tarbiyasidan undiruvchi da’vogar (ona) A.F. tarbiyasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandini olib berish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan, lekin ota farzandini undiruvchi tarbiyasiga bermasdan, yashirib qo‘yganligi aniqlanib, bolani qidirib topish uchun davlat ijrochisi tomonidan 2022-yil 9-dekabrda qidiruv e’lon qilingan.
2023-yil 18-aprel kuni qidiruv sho‘’basi inspektorlari tomonidan Toshkent shahar, Yashnobod tumani IIB hamda Byuroning Toshkent shahar qidiruv sho‘’basi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida 2019-yilda tug‘ilgan qizcha Yashnobod tumanidan aniqlanib, topilgan va onasi A.F.ga olib berilib, ijro ishi tamomlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter