Yuristlar malakasini oshirish markaziga direktor tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sherzod Mirjalilovich Rabiyev vazirlik qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Sh. Rabiyev 1984-yilda Sirdaryo viloyati Xovos shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Sh. Rabiyev 2020-yildan shu kunga qadar vazirlikning Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter