Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

7 ta yangi ma’muriy jazo: orasida jamoatchilikka yoqmayotgani ham bor

7 ta yangi ma’muriy jazo: orasida jamoatchilikka yoqmayotgani ham bor

«Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Ma’mariy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 7 ta yangi modda kiritish ko‘zda tutilgan. Yangi moddalar quyidagilar:

  • 341-modda. Jarima ballari hisoblanadigan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ma’muriy jazo qo‘llanilishi. 3 yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi.
  • 1254-modda. Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizlik qoidalarini buzish (hayot va sog‘liqqa zarar yetganda). 1 qismdan iborat bo‘lib, 1-10 baravar jarima jazosi.
  • 1289-modda. Transport vositasida bezorilik (yo‘l harakati qatnashchilariga xavf tug‘dirish, tezlikni saqlagan holda sababsiz sirpantirish, boshqalarga hurmatsizlikni ifodalaydigan nomoyishkorona harakatlar sodir etish). 2 qismdan iborat bo‘lib, 50 baravar jarima yoki 2 yilgacha boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi.
  • 1381-modda. Velosiped va mopedlardan foydalanish qoidalarini buzish. 3 qismdan iborat bo‘lib, 1-10 baravar jarima jazosi.
  • 1952-modda. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni ularni obro‘sizlantirish yoki haqorat qilish maqsadida internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish. 1 qismdan iborat bo‘lib, 50 baravar jarima jazosi.
  • 1287-modda. Transport vositasida odam tashish qoidasini buzish. 2 qismdan iborat bo‘lib, 5 baravar jarima jazosi.
  • 1288-modda. Transport vositasida quvib o‘tish qoidasini buzish. 1 qismdan iborat bo‘lib, 3 barvar jarima jazosi.

Esingizda bo‘lsa, aynan 195-modda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng partiyalar bu qonun loyihasini muhokamadan chiqarib yuborgan edi.

Ammo «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov bayonot berib, qonun loyihasi faqat 195-moddadan iborat emasligini aytgan va yana qayta muhokamaga kiritilishini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring