15-iyuldan «Tashabbusli budjet»ning ikkinchi mavsumi boshlandi

Ushbu mavsum doirasida fuqarolar tomonidan ilgari suriladigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida respublika bo‘ylab qariyb 900 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Endilikda Tashabbusli budjet jarayonlarining har bir bosqichi 20 kundan – jami 60 kun davom etishi belgilandi. Shunga ko‘ra, «Tashabbusli budjet» jarayonining 2-mavsumi:
1-bosqich — takliflarni ilgari surish – 15 iyuldan – 3 avgustgacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 15 avgustdan – 4 sentyabrgacha);
2-bosqich — loyihalarni saralab olish – 4 avgustdan – 23 avgustgacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 4 sentyabrdan – 24 sentyabrgacha);
3-bosqich — loyihalarga ovoz berish – 24 avgustdan – 12 sentyabrgacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 24 sentyabrdan – 14 oktyabrgacha) davom etadi.
O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan loyihani ilgari suring, ovoz to‘plang va g‘olib bo‘ling!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter